"Manchester Siti" so'nggi 12ta o'yinning 9tasida mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2024
"Manchester Siti" o'zining oxirgi 12ta o'yinidan bor-yo'g'i bittasida g'alaba qozondi.
Bugun Pep Gvardiola jamoasi mehmonda "Aston Villa"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Manchester Siti" barcha turnirlarda o'tkazgan so'nggi 12ta bahsda ikki marta durang qayd etdi, to'qqiz marta omadsizlikka uchradi va faqat birgina g'alabani tantana qildi. Gvardiola jamoasi bu bahslarda 27ta gol o'tkazib yubordi va 14ta gol urdi.

"Manchester Siti"ning keyingi o'yini 16-o'rindagi "Everton"ga qarshi bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru