Manchester Siti Real yulduzi bilan muzokara olib bordi

Khoja
26 mar 2025, 09:07
Rodrigo yozda Madriddan Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin.

Braziliyalik futbolchining otasi bir necha kun avval Manchester Siti rahbariyati bilan uchrashgan. Shaharliklar futbolchiga Realga nisbatan ancha katta maosh taklif qilishgan. Shuningdek, Rodrigoga hujumning istalgan chizig'ida o'ynash vadasini berishgan. Manchester Siti futbolchining transferi uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.

Rodrigo joriy mavsum Real safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.




KhojaMuallif
Manba: sports.ru