"Manchester Siti" Rays uchun "Manchester Yunayted" bilan kurashadi

Alisher
13 sen 2021
Kelasi transfer oynasida "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays uchun jiddiy kurash borishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga MYU qiziqayotgan edi, ammo o'yinchiga shuningdek "Manchester Siti" ham davogarlik qilayotgani ma'lum bo'ldi.

"Manchester Siti" Deklan Raysni Fernandinoga ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Qayd etish kerakki, "Vest Xem" o'z tarbiyalanuvchisini taxminan 100 mln funt (117 million evro atrofida)ga sotishga tayyor. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun