"Manchester Siti" o'zining transfer rekordi yangilamoqchi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019, 12:57
"Manchester Siti" "Atletiko" yarim himoyachisi Rodrini xarid qilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" sport direktori Chiki Begiristayn joriy mavsum davomida Rodrini bir necha marta kuzatdi.

22 yoshli futbolchi tez orada 34 yoshga to'ladigan Fernandino o'rnini egallaydi. "Shaharliklar" transferni yoz boshida amalga oshirmoqchi.

"Manchester Siti" tarixidagi eng qimmat yarim himoyachi Riyad Maxrez bo'lgan. Uni "Lester Siti"dan 60 mln. funt evaziga sotib olishgan. "Atletiko" o'z futbolchisini 61 mln. funtga sotmoqchi. Agar transfer amalga oshsa, "shaharliklar"ning transferi yangilanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph