"Manchester Siti" Nasrini 21 mln. funt evaziga "Sevilya"ga sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2016
"Sevilya" Samir Nasrini xarid qilmoqchi bo'lsa, "Mancheter Siti" rahbariyati bunga qarshilik qilmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar andalusiyaliklar 29 yoshli futbolchini xarid qilmoqchi bo'lsa, 21 mln. funt to'lashlariga to'g'ri keladi.

Samir Nasri 2011 yilda "Arsenal"dan "Manchester Siti"ga o'tgan. O'shanda "shaharliklar" yarim himoyachi uchun 24 mln. funt to'lagan. Nasri va "Siti" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail