"Manchester Siti" - "Monako" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi Raxim Sterling

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Manchesterda o'tgan bahs 5:3 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Sterling gol urda va Serxio Agueroga assistentlik qildi. Bundan tashqari, hakam 38-daqiqada raqib hujumini buzgan Raximga sariq kartochka ko'rsatdi.

"Monako" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 mart kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com