"Manchester Siti" "Liverpul"ni chempionlik bilan tabrikladi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2020
Bir necha daqiqa oldin "Chelsi" - "Manchester Siti" (2:1) uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Siti" mag'lubiyatga uchragani sababli "Liverpul" rasman muddatidan avval chempionlik nomiga sazovor bo'ldi. 

"Shaharliklar" matbuot xizmati klubningi rasmiy "Tvitteri"da "Liverpul"ni 19-chempionlik tituli bilan tabrikladi.

"Liverpul"ni Premer-Ligadagi g'alaba bilan tabriklaymiz", - deyiladi klub qoldirgan izohda.

Klopp shogirdlari oradan 30 yil o'tib yana "Liverpul"ni mamlakat chempioniga aylanira olishdi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi marta "Liverpul" 1990 yil oltin medallarga ega chiqqandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia