"Manchester Siti" – "Liverpul" uchrashuvining boshlanish vaqti o'zgaradi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023
APL muxlislarning xatti-harakatidan xavotirda.

Angliya Premer-ligasining 13-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Liverpul" bahsi jamoalar muxlislarining avvalgi o'yinda qilgan nomaqbul xatti-harakatlari tufayli boshqa vaqtda o'tkaziladi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, xavfsizlik bo'yicha mahalliy maslahat guruhi jamoalarga Toshkent vaqti bilan 20:30 da o'ynashga ruxsat bermaydi. Uchrashuv ertaroq soat 15:30 da boshlanadi.

Shuningdek, "Liverpul" muxlislari uchun chipta kvotasi ham qisqartirilishi xabar qilingan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia