"Manchester Siti" jarohat olgan Rodriga o'rinbosar topdi

Alisher
29 sen 2024, 11:51
"Manchester Siti" "Torino" yarim himoyachisi Samuele Richchiga qiziqmoqda.

Bunga Rodrining jarohat olgani va ispanning mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqani sabab bo'lgan. Agar "shaharliklar" o'z yetakchilaridan birining o'rnini to'ldirishga qaror qilsa, Richchi bu joy uchun asosiy maqsadlardan biri bo'ladi.

Qayd etilishicha, italyan kamida 30 mln funtga tushadi. "Torino" Richchini mavsum o'rtasida, ayniqsa jamoaning formasidan kelib chiqsak, sotishni xohlashi qiyin masala.

Samuee joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda, Italiya terma jamoasi safida 2ta bahsda maydonga tushdi.



AlisherMuallif
Manba: The Guardian