

“Fiorentina” Yovetich bilan yaxshi munosabatda, biroq jarohat olgan Juzeppe Rossini o'rniga 5 million evro maosh oladigan Yovetichni jamoaga olib kela olmaydi.
O'z navbati “Inter” klubi direktori Marko Branka ham Angliyaga uyushtirgan safarida, “Manchester Siti”dan Yovetichni ijaraga berishni so'ragan. Biroq “shaharliklar” taklifga rad javobini berishgan. Klub, yarim yil oldin 30 million evro evaziga sotib olingan chernogoriyalik futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Yovetich APLda faqatgina 3 ta o'yin o'tkazgan xolos.



