"Manchester Siti" Gvardiolaning extimoliy ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda

24 apr 2026, 09:00
Italiyalik murabbiy Enco Mareska "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod.

The Guardian nashrining xabar berishicha, klub joriy mavsum oxirida Pep Gvardiolaning ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Manbaga ko'ra, hozirda Mareska va "Manchester Siti" o'rtasida ijobiy muzokaralar olib borilmoqda. Murabbiy bilan kelishuvga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan murakkablik shundaki, u hali ham "Chelsi" oldida shartnoma majburiyatlariga ega bo'lishi mumkin.

2022 yildan 2023 yilgacha Mareska "Manchester Siti"da Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlagan. Italiyalik mutaxassis yanvar oyida "Chelsi"ni tark etgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Gvardiola mavsum yakunidan so'ng "shaharliklar" bilan xayrlashishi haqida xabarlat tarqalgandi.


Manba: The Guardian