"Manchester Siti" yetakchisi ECHLning 2-turida tushmasligi mumkin

Khoja
29 sen 2025, 09:41
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri tizzasi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda.

Bu haqda “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Byornli”ga qarshi uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida gapirdi.

“Juma kuni mashg'ulotlarda u tizzasi qattiq og'riyotgani uchun o'ynay olmasligini aytdi. Ha, bu uning avval jarohatlab olgan oyog'i", - deb fikr bildirgan Gvardiola.

Bundan bir yil olldin ispaniyalik yarim himoyachi xochsimon paylarini uzib olgan va o'tgan mavsumda deyarli o'ynamagandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com