"Manchester Siti" Boni uchun 35 mln evro to'lashga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2015, 09:19
"Manchester Siti" va "Suonsi" Vilfrid Bonining badal puli borasida kelishib olishdi.

Xabarlarga ko'ra, Angliya chempioni ivuarlik futbolchi uchun 35 mln evro to'laydi. Bu mablag'ning 10 foizini hujumchining oldingi klubi "Vitess"ning hisobiga o'tadi.

Futbolchining shaxsiy shartnomasi hozircha muhokama qilinmoqda, katta ehtimol bilan Boni "Siti"da haftasiga 96 ming evro ishlab topadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com