Manchester Siti – Bernli. Fernandino oxirgi 6ta o'yinda 3-marta qizil kartochka oldi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2017
Manchester Siti yarim himoyachisi Fernandino APL 20-turidan o'rin olgan Bernliga qarshi o'yinda (2:1) qizil kartochka oldi.

32-daqiqada braziliyalik futbolchi Yoxann Gudmundssonga nisbatan qilgan harakati uchun qizil kartochka oldi.

Bu 31 yoshli futbolchi uchun oxirgi 6ta o'yindagi uchinchi qizil kartochkasi bo'ldi. Ikkita chetlatishni u APLda, bittasini YCHLda oldi.

Endi Fernandino avtomatik tarzda 4 o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'taydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com