"Manchester Siti" APLdan chetlatilsa, Chempionship klubni qabul qilishga majbur emas

Narzulla Saydullayev
7 fev 2023, 21:41
Klubni moliyaviy firibgarlikda ayblashgandi.

"Manchester Siti" klubi moliyaviy firibgarliklarda ayblanib, APLdan chetlatiladigan bo'lsa, Chempionship klubni qabul qilishi majburiy emas. 

Chempionship, Birinchi va Ikkinchi ligalar huquqi egasi bo'lgan Angliya futbol ligasi "Man Siti"ni avtomatik ravishda qabul qilishi shart emas. Bunga Chempionship, Birinchi va Ikkinchi ligalarlarda allaqachon 72 klub borligi sabab bo'ladi. 

"Manchester Siti" agarda APLdan chetlatilsa, Chempionshipga qo'shilish uchun murojaat bilan chiqishi kerak.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Telegraph