"Manchester Siti" Amerikaga ketishdan avval navbatdagi transferni amalga oshirmoqchi

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022
"Manchester Siti" "Lids" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsga qiziqish bildirmoqda.

"Shaharliklar" hozirda Fillipsni asosiy transfer vmaqsadi sifatida ko'rmoqda.

Premer-liga chempionlari 26 yoshli angliyalik yarim himoyachini jamoa iyul oyi o'rtalarida Amerika qitasi bo'ylab mavsumoldi safariga jo'nab ketishidan oldin o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq Fillips klublar o'rtasidagi raqobat tufayli "Manchester Yunayted"dan voz kechishi xabar qilingandi.

Kelvin o'tgan mavsumda Premer-liganing 20 o'yinida 1 ta golli uzatma amalga oshirgan, shuningdek, 4 bor sariq kartochka bilan jazolangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Times