

Taniqli insayder va jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Ronald Arauxo "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolagan. Kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Arauxoning tovon puli avval xabar berilganidek 1 mlrd evro etib belgilangan. Tez orada klub rasman bu haqida ma'lum qiladi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" Arauxo bilan 2018 yilda shartnoma imzolagan. Ushbu mavsumda futbolchi 37 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.
Avvalroq, Ronald Arauxoga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi klublar qiziqish bildirishgandi.



