

"Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, RPL klublari rahbariyati bilan bu borada maslahatlashuvlar o'tkazilmagan. Bundan tashqari, hech kim hech qanday xat va bildirishnoma olmagan.
Eslatib o'tamiz, ertaga RFI ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda mamlakat futbol federatsiyasini OFKga o'tkazish masalasi ko'tariladi", – deya xabar berdi "Sport-Ekspress" muxbiri Maksim Nikitin.
Avvalroq Rossiya Futbol Ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiyaning Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o'tishiga qarshi ekanligini ma'lum qilgan edi.



