

Jurnalist Zuhriddin Hakimovning ma'lum qilishicha, joriy yilgi O'zbekiston Superkubogi mezbonligi Andijon, "Bobur Arena"ga topshirildi. Bosh sovrin uchun "Paxtakor" - "Neftchi" jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Ma'lumot uchun Superkubok bahsi 15 mart kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, 2025 yilgi mamlakat kubogi finali ham mazkur arenada o'tkazilgan edi.




