Manba: "Bavariya" va "Barsa" qiziqish bildirgan Unai Emeri "Aston Villa" bilan hamkorlikni davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2024, 15:59
"Aston Villa" bosh murabbiy Unai Emeri jamoadagi holatidan mamnun.

Ispaniyalik mutaxassis "Aston Villa" bilan muzokaralar olib borishga va 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishga rozi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn birinchilardan bo'lib xabar berdi. 

Klub rahbariyati 52 yoshli murabbiyda ser Aleks Fergyuson siymosini ko'rmoqda.

Avvalroq unga "Bavariya" va "Barselona" tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein