

Ma'lumot uchun, 27 yoshli angliyalik futbolchi 2025 yil iyun oyida kataloniyaliklar safiga ijara asosida qo'shilgan edi.
Manbaga ko'ra, futbolchining to'liq transferi 25 million funt (taxminan 29 million evro) miqdoridagi kafolatlangan to'lov evaziga amalga oshadi. Shuningdek, kelishuvda qo'shimcha 5 million funtgacha (7 million evro) miqdorida bonuslar ham nazarda tutilgan. Ular futbolchining muayyan ko'rsatkichlarga erishishiga bog'liq bo'ladi.
Joriy mavsumda Reshford "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hozirda futbolchining bozor bahosi taxminan 40 million evroni tashkil etmoqda.



