Manba: "Barselona" 16 yoshli vunderkind bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023, 19:14
Bugun "Barselona" va Ispaniya U-17 terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 16 yoshga to'ldi.

Futbolchi o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi va Kataloniya klubi bilan shartnomani 2026 yilning iyunigacha uzaytirdi. Xavi 16 yoshli vunderkindni AQSHga mavsumoldi turnega safar qilishi rejalashtirgan.

Yamal "Barselona"da 15 yosh-u 290 kunligida debyut qildi va klub tarixidagi eng yosh ikkinchi debyutantga aylandi. Eslatib o'tamiz, 16 yoshli ispaniyalik "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano