"Man Yunayted" bosh direktori Richard Arnold klubni tark etdi

Administrator
15 noya 2023
Klub rasman buni ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted" klubi jamoa bosh direktori Richard Arnoldning iste'fosini e'lon qildi. Sky News ma'lumotiga ko'ra, Richard Arnoldning ketishiga jamoa akciyalarinining 25% qismini sotib olayotgan Jim Retkliffning klubga kelayotgani sabab bo'lgan. 

Ma'lumot uchun, Richard Arnold 2007 yildan beri MYUda faoliyat olib boradi. So'nggi ikki yil u klub bosh direktori lavozimida ishladi. 

"Manchester Yunayted" qisqa muddatga Patrik Styuartni bosh direktor etib tayinladi. Klub hozirgi vaqtda uzoq muddatga bosh direktor qidirmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com