"Man Siti" Ronaldu uchun pul to'lashni va kelishuvga Jezusni qo'shishni istamayapti. "Yuve" kamida 30 mln evro ishlab olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 avg 2021
"Manchester Siti" hozircha "Yuventus"ga forvard Krishtianu Ronaldu transferi borasida taklif bilan chiqqanicha yo'q.

"Shaharliklar" 36 yoshli portugaliyalikni tekinga qo'lga kiritmoqchi va kelishuvga hujumchilari Gabriel Jezusni qo'shish niyatida emas, deb xabar beradi Fabricio Romano.

O'z navbatida, "Yuventus" manbaaning xabar berishicha, Ronalduni 30 mln evrodan kam bo'lmagan summaga sotmoqchi. Hujumchining shartnoma muddati 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia