

Bu haqda insayder Fabricio Romano "X" ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" bitimni yakunlash uchun harakatlarni faollashtirmoqda. "Manchester Siti" "Liverpul" futbolchiga o'rinbosar topganidan so'ng, sotuvga rozilik berishini kutmoqda.
27 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2023 yilning yanvar oyidan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.



