"Man Siti" Jezus uchun 50-60 mln evro xohlamoqda, "Arsenal" ilk taklifni tayyorlamoqda

Alisher
14 may 2022
"Manchester Siti" Gabriel Jezusning narxini ma'lum qildi.

"Shaharliklar" 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun hatto shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va bitim uzaytirilmaydigan bo'lsa ham 50-60 mln evro olishmoqchi.

"Arsenal" hujumchining transferi borasida ilk taklifni tayyorlamoqda. Uning agenti o'yinchiga londonliklar loyihasi yoqishini xabar qildi.

Jezus joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano