"Man Siti" hali Aguero va Fernandinoga shartnomani uzaytirishni taklif qilmadi

Alisher
19 yanv 2021
"Manchester Siti" o'yinchilari Serxio Aguero va Fernandinoning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Klub shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan futbolchilarga bitimni uzaytirish uchun taklif bermadi.

32 yoshli Aguero joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.

Braziliyalik 35 yoshli xavbek Fernandino esa 9 bor maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SamLee