Mamardashvili seyvlar soni bo'yicha "Evro" rekordini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
27 iyun 2024
Gruziya terma jamoasi darvozaboni Evro guruh bosqchilari tarixidagi rekordni takrorladi.

Gruziya temra jamoasi kiperi Giorgi Mamardashvili Evro-2024 guruh bosqichi davomida 21 ta seyv amalga oshirdi.

U 2004 yil Latviya terma jamoasi a'zosi Aleksandr Kolinko tomonidan o'rnatilgan musobaqa guruh bosqichi rekordini takrorladi.

Eslatib o'tamiz, Gruziya tarixda ilk bor Evro pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 1/8 finalda gruzinlar Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta Sports