Maldini: "Tomori borasida qarorni mavsum so'nggida qabul qilamiz"

Alisher
2 mar 2021
"Milan" sport direktori Paulo Maldini "Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomorining ehtimoliy xaridi haqida gapirdi.

"Tomori - katta istedod, ijara shartnomasida Fikayoni xarid qilish huquqi yozilgan, ammo narx juda baland. Biz mavsum so'nggida qaror qabul qilamiz va "Chelsi" bilan muzokaralar o'tkazamiz", - deydi Maldini.

23 yoshli angliyalik futbolchi "Milan" safida 4ta o'yinda maydonga tushdi.

"Rossonerilar" 24 turdan so'ng Italiya chempionatida ikkinchi o'rinda borishmoqda.

→ "Milan" Tomorini xarid qilishni rejalashtirmoqda


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports