

"Hozir Italiya futboli ancha orqada. Buni Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan bilib olish mumkin. Ispan klublari taktika va mahorat borasida boshqa darajada. Avvallari barcha Italiyadan o'rganar edi, hozir bunday emas. "Real", "Atletiko" va "Barselona" har mavsum Chempionlar ligasida asosiy favoritlardan hisoblanadi. Biz yana futbol modasining dizaynerlariga aylanishimiz kerak" - deydi Maldini.



