Malaga rossiyalik hujumchiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013
Real hujumchisi Denis Cherishev Malaga qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, deb xabar bermoqda La Opinion de Malaga.
22 yoshli futbolchi kuni kecha Real safida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Biroq futbolchiga kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Klub rossiyalik futbolchini 5 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Chershevga shuningdek Menxengladbaxning Borussiya va Bayer klublari qiziqishayotgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru