MakTominey uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 noya 2019
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott MakTominey jarohati sababli uzoq muddatni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ushbu jarohatga izox berib o'tdi.

"Skott to'pig'ini qayirib oldi. Bu juda og'riqli. Futbolchilik faoliyatimda shunday jarohatga duch kelganman va 8 haftani o'tkazib yuborganman. Biroq hozirgi shifokorlar uni 2 haftadayoq safga qaytarishlari mumkin. Lekin biz futbolchini xavf ostiga qo'ymaymiz", - dedi Sulsher.

Futbolchi kecha uchrashuvning so'nggi daqiqasida jarohat oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror