Maksim Shackix: "Shunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi"

Administrator
25 iyun 2023
Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda, o'yinimiz muxlislarga maqul keldi deb o'ylayman. Shunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi. Lekin o'yin so'ngida o'z vazifamizni bajardik va natijani qo'lga kiritdik.

- Azmiddinovning diskvalifikaciyasi sabab bugun Hamrobekov himoyada o'ynadi. Boshqa himoyachilarga imkon berib ko'rsangiz ham bo'lar edi-ku?

- Ha, bizda boshqa variantlar bor edi. Masalan, Hamraliev varianti bor edi, lekin u olimpiya terma jamoasi bilan edi va Xitoyda qanday o'ynaganini bilmayman. Odilga ushbu poziciyani ishona olganim sabab, bunday o'zgarishga qo'l urdik. So'nggi vaqtlarda Diyor ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda. U o'zi uchun yangi poziciya kashf etmoqda.

- Keyingi uchrashuvlarda Diyorni yana ushbu poziciyada ko'ramizmi?

- Bo'lishi mumkin, biz har doim eng yaxshi variantni tanlaymiz.

- Bugun Hamrobekov va Xolmatovlarning o'yinidan qo'nglingiz to'ldimi?

- Bugun barcha o'yinchilardan ko'nglim to'ldi. Biz ko'p hujum qildik va g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Raqib ikkinchi taym so'ngida 6 ta himoyachi bilan o'ynashga majbur bo'ldi. O'yin so'ngida g'alabaga erishdik va bugungi uchrashuv adolatli natija bilan yakunlandi.

- Terma jamoalar murabbiylari, futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha ko'p nolishadi. Bunga sizning fikringiz qanday?

- To'g'risi, ular aynan qaysi futbolchilarning jismoniy holati haqida gapirishganini bilmayman, lekin men o'z futbolchilarimning jismoniy holatiga javob bera olaman. Futbolchilardan so'rang, mashg'ulot anjumanlari qanday o'tishini.

- Fayzullaev maydon o'rtasida o'ynaganida ancha faolroq o'yin namoyish etmoqda. Nega Abbosni klubda ko'proq qanotda ko'ramiz?

- Fayzullaevni maydon markazida yaxshiroq o'ynaydi, demagan bo'lardim. O'tgan mavsumning so'nggi qismini ko'rib chiqing, u qanotda qanday yorqin o'yin namoyish etganini bilib olasiz. Fayzullaev juda aqlii va tezkor futbolchi, shu sababdan u har hil poziciyalarda birdek yaxshi o'ynay oladi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia