Mak Allister "Bavariya"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat oldi

Administrator
2 avg 2023
O'rtoqlik o'yinida "Liverpul"ning yangi futbolchisi jarohat orttirib oldi.

"Liverpul" klubi yangi futbolchisi Aleksis Mak Allister "Bavariya"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi. Singapurda o'tgan o'rtoqlik o'yinida 4:3 hisobida myunxenliklar g'alaba qozonishdi. Mak Allister esa ushbu uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng almashtirildi. Xabar berilishicha, futbolchi maydonni tark etayotib, cho'loqlanib yurgan. Katta ehtimol bilan futbolchi tizzasidan jarohat olgan.

Ma'lumot uchun, Aleksis Mak Allister ushbu yozda "Brayton"dan "Liverpul"ga qo'chib o'tgandi. Transfer summasi esa 35 mln evroni tashkil qilgan.


AdministratorMuallif
Manba: Pazzi di Fanta