Maguayr va Grilish Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
7 iyun 2024
Harri Maguayr va Jek Grilish Evro-2024'da o'ynamaydi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, mazkur futbolchilar Angliya terma jamoasining turnirdagi yakuniy tarkibiga kiritilmaydi.

"Manchester Yunayted" himoyachisi oyog'idan olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatida qatnashmaydi.

"Byornli" darvozaboni Jeyms Trafford ham musobaqaga bormaydi. "Liverpul" himoyachisi Jarell Kuans ham tarkibdan chetda qolishi mumkin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic