Maguayr Amorim bilan ten Hagni solishtirdi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr Erik ten Hag va Ruben Amorim murabbiyligi qo'l ostidagi faoliyatini solishtirdi.

"Ular o'xshash uslublar bilan kelgan deb ayta olmayman. Ular nimani xohlashlari va talab qilishlari nuqtayi nazaridan butunlay teskari. Shu sababdan o'tish davri oson bo'lmaydi.

Barchamiz murabbiy va uning butun shtabiga ishonamiz. Ishonchim komilki, hammasi o'zgaradi. U bu klubni jonlantirish uchun nima qilish kerakligini aniq tushunadi.

U kelib, qilinishi kerak bo'lgan hamma narsani qildi – haqiqatan ham talabchan", – dedi Maguayr.

Maguayr Italiyaga yo'l olishi mumkin


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports