Mag'lubiyatdan keyin "Bavariya" rahbariyati kiyim almashtirish xonasiga kirgan

Mirjalol Normatov
23 apr 2023
Kecha "Bavariya" Bundesliganing 29-turi doirasida safarda "Maync"ga mag'lub bo'ldi.

Ushbu uchrashuvdan keyin "Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner, klub bosh direktori Oliver Kan va sport direktori Xasan Salixamijich kiyim almashtirish xonasiga kirgan va futbolchilar bilan suhbat olib borgan. Rahbarlar kiyim almashtirish xonasida 15 daqiqa bo'lgan.

Mag'lubiyatdan keyin "Bavariya" peshqadamlikni "Borussiya"ga topshirdi va 2-o'ringa tushib qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal