

Oldinroq qo'shqichini aktyor Leonardo Di Kaprio bilan ishqiy aloqalarda gumon qilgan matbuot, endi uni Karim Benzema bilan uchrashayotganini xabar qildi. Ushbu mish-mishlarga sababchi Nyu-York shahri kafelarining birida olingan quyidagi surat hisoblanadi.
Benzema va Rianna kafeda
27 yoshli Rianna va unga tengqur Benzema tanishganiga bir yil bo'ldi. OAVning ma'lumotlariga ko'ra, ushbu munosabatlar JCH-2014da boshlangan. O'shanda qo'shiqchi "tvitter" orqali Fransiya terma jamoasi va Karim Benzemaga muxlislik qilishini yozgan.



