Madridda qor yog'moqda, ammo "Santyago Bernabeu"ga quyosh tushib turibdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018
5 fevral kuni Madrid shahriga qor yog'di.

"Real"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi ushbu vaziyat aks etgan suratni joyladi.

Qor yog'ishiga qaramasdan, madrid klubi stadioni "Santyago Bernabeu"ga quyosh tushib turgan edi. Maydondagi uskunalar chimlar uchun suniy quyosh vazifasini o'taydi. Bunday uskunalar asosan haqiqiy quyosh nuri maydonga tushmaydigan joylarga o'rnatiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia