Madrid sudi Superliga bo'yicha boshlang'ich qarorni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
20 apr 2021, 21:15
Bu haqda Reuters jurnalisti Saymon Evans xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Madrid sudi UEFA va FIFA Yevropa Superligasini taqiqlashga haqli emasligi to'g'risida dastlabki qarorni chiqardi.

Qarorda shuningdek, sud Superliga ishini to'liq ko'rib chiqmaguniga qadar UEFA va FIFA klublar yoki futbolchilar nisbatan choralarni qo'llashi mumkin emasligi aytilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Reuters