Madrid klubi tovon puli 62 million evro bo'lgan braziliyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
2 noya 2019
"Atletiko" "Flamengo" yarim himoyachisi Reyner bilan shartnoma imzolashi mumkin.

17 yoshli braziliyalik futbolchi va Madrid klubi o'rtasidagi muzokaralar sezilarli darajada yaxshilandi.

Reynerning shartnomasida uning tovon puli 62 million evro etib ko'rsatilgan, ammo "Atletiko" bu narxni tushirishiga ishonchi komil.

Qayd etish kerakki, Braziliya klubi yozda APL klubining 30 million evrolik taklifini rad etgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS