Madagaskardagi stadionda bir muxlis vafot etdi va 37 nafar odam jarohatlandi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2018, 12:44
Afrika kubogi saralashi doirasidagi Madagaskar - Senegal (2:2) uchrashuvida baxtsiz hodisa sodir bo'ldi.

Antananarivadagi 22 minglik stadion muxlislar bilan to'lib toshdi. Sektorlardan birida muxlis vafot etdi va 37 nafar muxlis jarohat oldi.

O'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida stadion atrofida uzun navbatlar yuzaga keldi. Stadion ichida odamlar xatto zinalarda ham o'tirishdi.

Odam to'lgani bois sektorlardan birida darvozani yopishdi va odamlar bir-birlarining ustiga chiqib ketishdi.

Boshqa ma'lumotlarga ko'ra 47 muxlis tan jarohati olgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailysabah.com