Lyuk de Yong koronavirusga chalindi

Alisher
2 apr 2022
"Barselona" hujumchisi Lyuk de Yong koronavirusga musbat test topshirdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda.

De Yong 3 aprelda "Sevilya"ga qarshi Ispaniya chempionati 30-tur doirasidagi uy o'yinini o'tkazib yuboradi.

31 yoshli futbolchi "Barselona"da "Sevilya"dan ijara asosida o'ynamoqda. De Yong joriy mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com