Lyudovik Jyuli: "Messi endi barcha o'yinlarda ishtirok eta olmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
23 fev 2023
Sobiq futbolchi Lyudovik Jyulining fikricha, Lionel Messiga ham "PSJ", ham Argentina terma jamoasida qiyin bo'ladi.

"Endi Leo barcha o'yinlarda qatnasha olmasligini tushunish lozim. Bazida dam olish ham kerak. Masalan Chempionlar ligasi uchrashuvlari oldidan. Nazarimda shunday ritm yaxshi: uchta o'yin, bitta dam olish.

Leo haliyam Argentina terma jamoasida o'ynash istagi borligini aytyapti. Bu muammo bo'lishi mumkin. Ma'lum vaqtdan so'ng sen parvozlardan keyin tiklanishing qiyin bo'ladi. U klubdagi faoliyatini davom ettirish uchun terma jamoadagi chorlovlarni rad etishi lozimmi? Bilmadim, buni muhokama qilish lozim. 

Biz uni ko'p tanqid qildik. Ammo u jahon chempionatida g'alaba qozondi. Chunki u yaxshi tayyorlangandi. Eslatib o'taman, gap jahonning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi haqida ketmoqda", - dedi "Barsa"ning sobiq futbolchisi Jyuli. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Parisen