Lyaport: "Real"dek klubning taklifiga albatta e'tibor qilardim"
Narzulla Saydullayev
14 noya 2024
"Al Nassr" himoyachisi Emerik Lyaport "Real"ning qiziqishi haqida gapirdi.
"Men "Real"ning taklifiga albatta e'tibor qilardim, bunday klublarni "ignor" qilib bo'lmaydi. Bunday mish-mishlarning borligi odamni xursand qiladi. Bu taklif haqida batafsil ma'lumotim yo'q, ammo baribir bu quvonarli", - dedi Emerik Lyaport.