Lyakazett yozda "Lion"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

"Lion" ustozi Bruno Jenezioning so'zlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini jamoada olib qolish qiyin bo'ladi.

"Lyakazett "Lion"da baxtli ekanligini bilmayman. Bir narsani aniq bilaman. Mavsum oxirida nimaga qodirligimiz ma'lum bo'ladi" - deydi Jenezio.

Aleksandr Lyakazettning shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Hujumchi 34 mln. funtga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot