

"Xorijda ikkita yig'in o'tkazdik. Bu yig'inlar chog'ida 11ta o'yin o'tkazdik. Baxtiyor Melievich bir qator yoshlarni sanab o'tdilar. Yoshlar juda ko'p o'z ustilarida ishlashda davom etishlari kerak. Shomurodov, Hamdamov va Shukurov menimcha hali futbolchi emas, qanday qilib ularni yulduz qilib yuborishdi? Balki ular terma jamoada va klubda o'ynaganlari uchun shundaydir. Hali ko'p ishlashlari kerak. Hozir asosiy maqsadimiz 21 fevral kungi “Al Ahli” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Bu umuman boshqa saviyadagi o'yin hisoblanadi. Ularni mag'lub etishga urinamiz" - deydi Sergey Lushan.



