"Lunin sezilarli kuchaydi, Kepa esa odatdagidek yuqori darajasini saqlab qoldi" - Anchelotti

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 11:20
Mutaxassis "Real" darvozabonlaridan mamnun.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabonlar Andrey Lunin va Kepa Arrisabalaganing o'yiniga yuqori baho berdi.

"Ikkalasi ham o'zini juda yaxshi his qilmoqda, juda xursandmiz. Lunin sezilarli darajada kuchaydi va katta ishonch ko'rsatdi, Kepa esa odatdagidek yuqori darajasini saqlab qoldi.

Kepa "Alaves"ga qarshi o'ynaydi, mavsumning ikkinchi yarmida esa ikkisidan birini tanlayman", – dedi murabbiy.

Kepa "Real"da ijarada o'ynamoqda. Lunin esa 2018 yildan beri "qirollik klubi"da to'p tepadi.

"Alaves" – "Real" uchrashuvi bugun 01:30 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com