Lukas Vaskes qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2020
“Real” futbolchisi jarohatlandi.

Uning oyoq mushaklari shikastlangan. As manbasiga ko'ra, ispaniyalik futbolchi 2 haftani o'tkazib yuboradi. Shu tariqa, u “Valensiya”, “Real Sosedad”, “Malorka” va “Espanol”ga qarshi bahslarda qatnasha olmasligi mumkin.

Avvalroq, madridliklar vingeri Garet Beylda ham sog'lig'i bilan bog'liq muammolar borligi haqda xabar qilgandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As