Lukas Podolski terma jamoaga qaytishi mumkin?

Alisher
29 avg 2019, 12:53
Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi Lukas Podolski terma jamoaga qaytishi mumkin.

Futbolchi 2017 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

34 yoshli Podolski Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada-2020da qatnashish uchun terma jamoaga qaytmoqchi.

Nemis futbolchisi hozirda Yaponiyaning "Vissel Kobe"da faoliyatini davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyati davomida "Vissel Kobe"dan tashqari "Kyoln", "Bavariya", "Arsenal", "Inter" va "Galatasaroy" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild